10:04 / 29.04.2017
11311

Shimoliy Koreya Kim Chen In hukumat tepasiga kelgach qancha raketa uchirdi?

Shimoliy Koreya tomonidan shanba kuni uchirilgan raketa Kim Chen In hukumat tepasiga 2011 yilda kelganidan beri 75-shunday sinovga aylandi. Bu haqda Amerika OAV Nuclear Threat Initiative Database tashkiloti ma'lumotlariga asosan xabar berdi.

Shu bilan birga, ulardan 58tasi muvaffaqiyatli bo‘lgan, 17tasi esa – yo‘q. Xususan, so‘nggi ikkita parvoz, jumladan shanba kungi ham, muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

The Washington Post gazetasining eslatishicha, shimoliy koreyalik rahbarlar AQShga yetib borishi mumkin bo‘lgan qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqish lozimligi haqida gapirishgandi. Ko‘plab ekspertlar fikricha, ayni damda KXDR olimlari bunga erishish uchun juda ham ko‘p texnik muammolarni hal qilishi lozim, biroq oxir-oqibat ular ijobiy natijani ham qo‘lga kiritishi mumkin.

Mavzuga oid
Top