Sport | 07:18 / 30.04.2017
70390
3 daqiqa o‘qiladi

Klichko qaytdi va yil jangida mag‘lub bo‘ldi

Foto: Reuters

30 aprelga o‘tar kechasi Londondagi «Uembli» stadionida professional boksning super-og‘ir vaznidagi vakillari — Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi. Jangni stadionda turib 90 ming muxlis tomosha qildi.

IBF yo‘nalishida jahon chempioni va hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan Entoni Joshua so‘nggi yillarda ushbu vaznda mutlaq yetakchilik qilib kelgan ukrainalik bokschi Vladimira Klichkoga qarshi himoya va WBA superchempionligi uchun jang o‘tkazib, raqibini 11-raundda nokautga uchratdi.

Qayd etish kerakki, 5-raundda ham ukrainalik bokschi nokdaun holatiga tushgan, ammo o‘z irodasi va xarakterini ko‘rsatib, 6 raundda Joshuani nogdaundga uchratgandi ham. Ammo iroda ko‘rsatish navbati Joshuaga kelganida u buni a'lo darajada namoyish etdi.

Endilikda 27 yoshli Joshua 19 jangda 19 g‘alaba (barchasi – nokaut) qayd etib turibdi, u 41 yoshli Klichko 64 g‘alaba (53 – nokaut) va 5 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma'lumot uchun Klichko 1,5 yildan buyon ringga chiqmagandi. 2012 yilgi Olimpiada chempioni Joshua esa bundan oldinroq IBF kamarini himoya qilgandi.

  • Klichko Olimpiada chempioni bo‘lganida Joshua 6 yoshda bo‘lgan.
  • Joshua Olimpiadani yutganida Klichko professional ringda 50dan ortiq jang o‘tkazib bo‘lgandi.
  • Ikki yil oldin Joshua Klichko ishtirok etgan mashg‘ulotda sparing sherik rolini o‘ynagandi. O‘shanda Vladimir yosh bokschining ulkan potensiali va kuchiga tan berib, uni og‘ir vazn kelajagi sifatida e'tirof etgandi.
  • Shu paytgacha Joshuaga qarshi chiqqan raqiblardan hech kim sakkizinchi raundgacha yetib bormagandi.

Mavzuga oid