17:41 / 30.04.2017
6289

Londonda tayyorlanayotgan ikki terakt haqida ma'lum qilindi

Foto: Sunday Times

Buyuk Britaniya politsiyasi mamlakat poytaxtida tayyorlanayotgan ikki terakt haqida ma'lumotga ega. Bu haqida terrorchilikka qarshi kurashuvchi tashkilotning yuqori lavozimli xodimi ma'lumotiga asoslanib, Sunday Times xabar berdi

Ta'kidlanishicha, hozirda taxmin qilinayotgan gumondorlarning har bir qadami diqqat bilan kuzatilmoqda. 

"Terakt sodir etish bo‘yicha biz diqqat bilan kuzatayotgan yana ikki reja mavjud", - deydi nashr manbasi.

Shu munosabat bilan Londonda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirildi. 

Tergovchilarning fikricha, hujumni rejalashtirayotgan kishilar bundan avval reydlar davomida qo‘lga olingan shaxslar guruhi bilan bog‘liq emas. 

Mavzuga oid
Top