«Yagona darcha»dan maqsad nima: ovoragarchilikni yo‘q qilishmi yoki hosil qilish?
Kun.uz tahririyatiga fuqarolardan turli mavzular va masalalarda murojaatlar kelishi davom etmoqda. Poytaxtdan kelgan, ismi oshkor etilmagan murojaatlarning biri e'tibormizni tortdi. Unda «yagona darcha»lar ishidagi mavjud ovoragarchiliklar tilga olingan va muammoni bartaraf etish yuzasidan taklif ham bildirilgan:
«Hozir barcha tumanlarda «Yagona darcha» xizmati mavjud bo‘lib, ularning faoliyatidan maqsad — aholiga qulayliklar yaratish, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldini olishdir. Aslida esa, «yagona darcha»ning ayrim xizmatlari umuman boshqa — aholiga faqat noqulayliklar yaratish, sarsongarchiliklarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lib qolmoqda.
Masalan, poytaxtda noturar joy sotib olgan yuridik yoki jismoniy shaxslar sotib olgan ko‘chmas mulkini o‘z nomiga rasmiylashtirish maqsadida Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatiga (manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi) murojaat qiladi.
Kadastr xodimlari barcha hujjatlarini olib, 8 ish kuni davomida nomingizga kadastr hujjatlarini tayyorlab beradi. Keyin eng qizig‘i boshlanadi: kadastr hujjatlari tayyor bo‘lganidan so‘ng, ularni olib ketmoqchi bo‘lsangiz, shu yerning o‘zida tayyor qo‘lida bo‘lgan hujjatlarni ro‘yxatga olishmaydi va ko‘chmas mulkka doir tayyor bo‘lgan guvohnomalarni berishmaydi.
Mijoz bu hujjatlarni olib, sarson bo‘lgan holda har bir tumanning o‘zida joylashgan «yagona darcha»ga qo‘lidagi kadastr hujjatlarni ro‘yxatga qo‘yish uchun qaytadan murojaat etadi. «Yagona darcha» ariza qabul qilgan holda 3 ish kunida Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatiga elektron tartibda murojaat etadi.
Elektron tartibda jo‘natilgan ushbu ariza 3 ish kunida (!) yetib kelganidan so‘ng, mijoz yana «yagona darcha»dan tasdiqlatib kelingan arizani olib, boshqatdan Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatiga boradi. Axir tashqarida XXI asr hukm surib turgan zamonda bu o‘ta kulgili holat emasmi?!
Sotib olingan ko‘chmas mulkning hujjatlari tayyor bo‘lishi bilan o‘sha zahoti Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatidan ro‘yxatdan o‘tkazsa ham bo‘ladi-ku?! Chunki tayyor guvohnomani baribir hamma aylanib kelib, yana shu yerdan oladi. Shuncha ovoragarchilik, masalan, Sirg‘ali tumanidan ko‘chmas mulk sotib olgan inson necha marta ovora bo‘lib shaharning u chekkasidan bu chekkasiga boradi?
Ushbu xizmat turini kadastr xodimlari o‘zlari qilsa ham bo‘ladi-ku?! Yagona darchaga ortiqcha xodim, kompyuter, internet nima keragi bor?! Yoki bulmasa, «yagona darcha» kadastr idorasining ichida ochilishi maqsadga muvofiq emasmi? Mayli, ma'lum bir to‘lov evaziga. Aholini shuncha ovoragarchilikka qo‘ymasdan».
Bu maktubga xolis yondashgan holda aytib o‘tishimiz mumkin-ki, mavjud muammolar bosqichma-bosqich hal etilayotgan ayni kunlarda fuqarolarni qiynayotgan bu holatlar ham o‘z yechimini, albatta, topadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

21:16 / 29.04.2025
Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

10:09 / 25.03.2025
66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi

16:12 / 20.01.2025
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

08:21 / 14.01.2023