Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bler Britaniyani qutqarish uchun siyosatga qaytmoqchi
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler kutilmaganda siyosatga qaytish istagini bildirdi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda. Gap shundaki, Bler Britaniyani breksit bo‘yicha befoyda bitimdan qutqarib qolmoqchi.
Uning aytishicha, breksit bilan bog‘liq vaziyat uni "siyosatda faolroq ishtirok etishga" undagan sabab bo‘ldi.
Bler, shuningdek, qirollikni qutqarish uchun hamma narsaga, hattoki "qo‘lini kir qilishga" ham tayyorligini aytdi.
Siyosatchining aytishicha, u breksit uchun ovoz bergan xalq istagiga bepisandlik qilmoqchi emas. Biroq uning fikricha, breksit bo‘yicha yakuniy kelishuv taqdim qilinganda britaniyaliklarning bu masala bo‘yicha fikrlari o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha vaziri Devid Devis breksit bo‘yicha muzokaralar Britaniya tarixidagi eng murakkabi bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026