Prezident yangi farmonni imzoladi: Prokuratura organlari faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi

Foto: Prokuratura.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni «Mamlakatni modernizatsiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda prokuratura organlari rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi. Hujjat matni Lex.uz saytida chop etildi.
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha faol amalga oshirish maqsadida «mamlakatdagi qonun ustuvorligi va huquqiy tartibni ta'minlashda prokuratura organlari salohiyatidan to‘liq foydalanish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yo‘naltirilgan qonunchilik aktlarining so‘zsiz ijrosini ta'minlash» talab etiladi.
Shunga binoan, prokuratura organlarining ustuvor vazifasi sifatida «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» belgilangan. Ushbu oliy maqsadga jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonunlarning so‘zsiz bajarilishini samarali nazorat qilish hamda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yo‘naltirilgan qonunchilik aktlari ijrosini ta'minlash orqali erishish nazarda tutilgan. Farmonda belgilanganidek, prokuratura organlarining asosiy e'tibori:
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarning so‘zsiz ijro etilishini nazorat qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan omillar va tizimli nuqsonlarni aniqlab barham berish;
Tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
Aholi bilan ochiq bevosita muloqot olib borish, fuqarolar murrojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, aholi huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda qonunbuzarlikka nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish;
Kam ta'minlangan oilalarning manzilli ijtimoiy himoyalanishini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha dasturlarning hayotga tatbiq etilishi, ish haqi, pensiya, stipendiyalar va nafaqalarning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
Sifatli tibbiy yordam, aholiga sotilayotgan dori vositalarining arzonligi, ta'lim jarayoni sifati, fuqarolarning arzon uy-joylar bilan ta'minlanishi, turarjoylar xarid qilishda kreditlar ola bilishi, birinchi navbatda, yosh oilalar, yetim bolalar, kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi sifati hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida ado etilishini nazorat qilish;
Tabiiy boyliklar va yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni nazorat qilish vazifalariga qaratilgan.
Shu bilan birga, farmonga muvofiq, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarkibida ijtimoiy qonunchilik ijrosini nazorat qilish bo‘yicha boshqarma hamda iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha boshqarma tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Bosh prokurorning qonuniylik va huquqiy tartibotni ta'minlash muammolarini aniqlash va muvofiqlashtirishni tashkil etishga mas'ul o‘rinbosari lavozimi ham ta'sis etiladi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi
Jahon | 22:44
-
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor
Jahon | 22:23
-
“O‘lib qolaman deb o‘yladim” – Toshkentda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lishdi
Jamiyat | 22:09
-
Zelenskiy Ukrainada tinchlik «ertagayoq» boshlanishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi

14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

16:03 / 30.04.2025