Qulupnay – yozning eng mazali mevasidir. U juda shirin va foydali meva hisoblanadi. Uning pishishini juda ko‘pchilik intizorlik bilan kutadi. Chunki qulupnaylarni yoshu keksa – barcha yaxshi ko‘radi. Shu sabab bo‘lsa kerak, yozda mevaning o‘zi iste'mol qilinsa, qish uchun undan murabbo va sharbatlar tayyorlab qo‘yiladi.
Shunday ajoyib zamonda yashayapmizki, bugun yilning istalgan vaqtida qulupnaylarni supermarketlardan xarid qilishimiz mumkin.
Qulupnaylarning foydali tarkibi

Qulupnaylarda 5-12 foiz uglevod (glyukoza, fruktoza, saxaroza), limon va olma kislotasi, turli modda va fenol birikmalar bor. Vitaminlardan esa A, S, V va minerallardan: temir, asal, kobalt, marganets, molibden va ftor mavjud.
Bilamizki, deyarli barcha vitaminlar juda nozik bo‘ladi va qayta ishlash jarayonida ular yo‘q bo‘lib ketadi. Ammo qulupnay tarkibidagi vitaminlar qayta ishlash jarayonida ham yo‘q bo‘lib ketmaydi va kishi organizmiga foydasi tegadi.
Qulupnaylar nimasi bilan foydali?
Agar vazn oshib ketishidan cho‘chimasangiz, unda qulupnayni qaymoq, smetana yoki tvorog bilan birga iste'mol qilsangiz bo‘ladi. Sut mahsulotlaridagi yog‘lar ichak devorlariga birikadi va qulupnayning bezovta qiluvchi holatlarining oldini oladi. Agar kishida ichak bezovtalanishi bo‘lmasa, qulupnayni yangi sut bilan iste'mol qilsa ham bo‘ladi.
Qulupnayni shakar bilan yeyish yaramaydi, chunki shundoq ham kishi organizmida shakar moddasi yetarlicha.

Ushbu mevani boshqa taomlar bilan aralashtirmay, birinchi yoki ikkinchi ovqatdan so‘ngina iste'mol qiling, chunki u oshqozon ichida bijg‘ish xususiyatiga ega. O‘zi umuman olganda, barcha mevalarda ana shunday xususiyat mavjud. Shuning uchun ularni hech qaysi taom bilan aralashtirib yemaslik tavsiya etiladi.
Kimda-kim o‘z immunitetini kuchaytirishni istasa bunga qulupnay yordam beradi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qulupnay kashanda va boshqa zararli odati bor kishilarning turli kasalliklarga chalinish xavfini pasaytirar ekan.
















