O‘zbekiston | 20:17 / 01.05.2017
17856
1 daqiqa o‘qiladi

Militsiya xodimlari uchun namunaviy uylar quriladi

O‘zbekistonda 2 yil ichida profilaktika nozirlari uchun 3829ta xizmat uylari quriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti qarorida nazarda tutilgan.

Bu uylar inspektorlar xizmat qiladigan hududda, u va aholi o‘rtasida doimiy aloqa mavjud bo‘lishini ta'minlash maqsadida quriladi. Samarqand (463), Farg‘ona (439) va Qashqadaryo (409) viloyatlarida bunday uylar nisbatan ko‘proq bo‘ladi.

Xizmat uylari namunaviy loyihalar bo‘yicha quriladi. Bu uylar bir qavatli va 3 xonali uylar bo‘ladi, 0,02 maydondan iborat hovliga ega bo‘ladi. Bu loyiha davlat byudjyeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Bundan tashqari, davlat rahbari hokimiyatlarga nozirlar uchun ko‘p xonadonli uylardan 1327ta xizmat kvartiralari ajratish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu kvartiralar ham ularning xizmat joylari atrofida bo‘lishi kerak. Toshkent shahrida shu maqsadda 527ta kvartira ajratiladi.

Mavzuga oid