“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglariga start berildi. Unda birinchi bo‘lib 56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tarildi. U turkmanistonlik sportchi Muradov Shodlikmurod imkoniyatini sinab ko‘rdi.
Aytish joizki, u muxlislar murabbiylari ishonchini oqladi va turkmanistonlik bokschiga qarshi jangini muddatidan avval yakunladi. O‘yinning birinchi daqiqasida
Murodjon Shodlikmurodni dastlab nokdaunga uchratdi. Keyinroq uchrashuv hakami nokaut deb hisoblashga qaror qildi.











