18:13 / 01.05.2017
21908

“Nukus” aeroporti xalqaro reyslar uchun yopildi

Foto: Uzairways.com

Joriy yilning 1 may kunidan “Nukus” aeroporti xalqaro reyslar uchun yopildi.

Xalqaro reyslarning yopilishi aerovokzal majmuasining rekonstruksiyasi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda MAK matbuot xizmati.

Nukus-Domodedovo-Nukus yo‘nalishidagi HY 626 reysini amalga oshirish Urganch aeroportiga ko‘chiriladi.

Urganch-Domodedovo-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha reys quyidagi harakat grafigi asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan):

HY 625 Urganch 10:35 Domodedovo 12:25
HY 625 Domodedovo 13:35 Urganch 19:25

Mavzuga oid
Top