Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Foto: Sputnik
O‘zaro kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida 1 may kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat rahbarlari Prezidentimizning shu yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha yuksak darajadagi aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Bugungi kunda agrosanoat kompleksidagi, temir yo‘l tizimini ta'mirlash va modernizatsiya qilish va boshqa sohalardagi savdo shartnomalari va qo‘shma kooperatsiya loyihalari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbarlari belgilangan dasturlar va hamkorlik loyihalarini, avvalambor, iqtisodiy sohadagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida yanada faol hamkorlik qilish muhimligini ta'kidladilar.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, shuningdek, yaqin istiqboldagi qo‘shma tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qardosh O‘zbekiston xalqiga ezgu istaklarini bildirdi.
Suhbat O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv, hurmat va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Jahon | 17:37
-
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
Fan-texnika | 17:14
-
Misr Qoraqalpog‘istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritadi
O‘zbekiston | 17:05
-
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

07:30 / 24.04.2025