O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi ikkita o‘tkazish punkti 15 mayda ochiladi

Foto: Flickr
O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegaralarida «Oq oltin» va «Malik» avtomobil o‘tkazish punktlari 15 maydan o‘z faoliyatini boshlashi lozim. Bu O‘zbekiston Prezidentining 26 apreldagi qarorida o‘z aksini topgan, deb yozmoqda “Gazeta.uz” hukumatdagi manbasiga tayangan holda.
M-39 trassasida joylashgan mazkur o‘tkazish punktlari Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi qisqa yo‘lni tutashtiradi va faqat yengil avtomobillar o‘tishi uchun xizmat qiladi. Yuklar va tijoriy maqsadlardagi tovarlarning olib o‘tilishi taqiqlanadi.
Notranzit maqsadlarda Qozog‘istonga o‘tuvchi O‘zbekiston fuqarolari hamda Qozog‘iston fuqarolariga nisbatan chegara nazorati qonunchilikda belgilangan va O‘zbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Janubiy Qozog‘iston viloyatining Maxtaaral tumani hududi orqali to‘xtashlarsiz o‘tuvchi O‘zbekiston fuqarolari soddalashtirilgan tartibda — chegara belgisi qo‘yilmasdan o‘tkaziladi. Bunda shaxsni tasdiqlovchi, davlat chegaralarini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlar majburiy tartibda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ikkita o‘tkazish punktida bojxona nazorati ham soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilmaydi, transport vositasini ro‘yxatga olish va bojxona tekshiruvidan o‘tkazish talab qilinmaydi, biroq majburiy tartibda vizual ko‘rik amalga oshiriladi.
Chegarani kesib o‘tuvchi fuqaro bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilish majburiyatidan ozod qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Maxtaaral tumani orqali o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘li 2006 yilda yopilgan edi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI davlatlari mudofaa xarajatlari uchun 150 mlrd yevrolik fond tuzishga kelishib oldi
Jahon | 18:33
-
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti
Jamiyat | 18:17
-
Uslub eski, vazifa yangi: O‘zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:10
-
Vetnam 10 mingdan ortiq dron shousi bilan jahon rekordini o‘rnatdi
Jahon | 17:46
Mavzuga oid

13:13
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

09:10 / 07.05.2025