19:03 / 01.05.2017
10600

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari xotirasiga bag‘ishlangan sayt ishga tushdi

«Xotira va qadrlash kuni» bayrami arafasida UZINFOCOM markazi tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilari xotirasiga bag‘ishlangan Xotira.uz sayti ishga tushirildi. Ushbu saytda urush maydonida jang qilgan vatandoshlarimiz fotosuratlari, ularning jasoratlari to‘g‘risidagi tarixiy ma'lumotlar hamda Xotira va qadrlash kuni bayrami to‘g‘risidagi yangiliklar o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ilk marotaba bugungi kunda hayot bo‘lgan dahshatli urush ishtirokchilari va qahramonlari ismlari yagona resursda umumlashtirilgan bo‘lib, mazkur resurs har bir urush faxriysi, mukofot va jasoratlari to‘g‘risidagi ma'lumotlari bilan boyitilgan.

Shu bilan birga, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lgan Internet tarmog‘i foydalanuvchilari saytda keltirilgan «Jasorat haqida yozish» xizmati orqali sayt ma'muriyatiga ular to‘g‘risidagi ma'lumotlar yoki fotosuratlarni saytga joylashtirish uchun yuborishlari mumkin. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar urushda qatnashgan qarindosh, mahalladosh yoki tanishlarning hikoyalari bilan bo‘lishishlari mumkin.

Top