Hamshiralarga yangi tartibda maosh to‘lanadi

Foto: medicalexpress.uz
2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Har bir murojaat e'tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligida patronaj ishini yanada yaxshiroq tashkil qilish bo‘yicha shtab tashkil qilingan. Hududlarda patronaj xizmat qanday olib borilayotgani yuzasidan barcha kerakli ma'lumotlar o‘rganib borilmoqda.
Qayd etilishicha, patronaj sumkalarida bolalarni o‘lchash uchun tarozi, tana haroratini o‘lchaydigan gradusnik, fuqarolar qon bosimlarini o‘lchash uchun tanometrlar bo‘lishi kerak.
«Kun.uz» muxbiri vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonovaga savol bilan yuzlandi: «Qishloq vrachlik punktlarida bo‘lganimizda, guvoh bo‘ldikki, hamshiralarning maoshlari miqdorlari juda ham past. Bu miqdor o‘rtacha 400 ming so‘mni tashkil etadi, bu pul plastikka tashlab beriladi va u naqd pulga aylantirilganda, 350 ming so‘m qoladi. Bu maosh mijoz uchun jon kuydirib xizmat qiladigan hamshiraning yashash sharoitlarini ta'minlab bera olmaydi. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda?».
Vazir o‘rinbosari hamshiralar uchun qayg‘urayotgan jurnalistlarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.
«Shu yilning mart oyida prezident tomonidan qabul qilingan «Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.
Unda patronaj hamshiralarining ish reytingini ishlab chiqish bo‘yicha muddat berilgan. Ya'ni, bir oy muddat ichida ularning ish reytingini hisobga olish bo‘yicha nizom ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, har bir hamshiraga ularning ishi samaradorligi bo‘yicha oylik maoshlari to‘lanadi. Yangi nizom ishlab chiqilib, tasdiqlangach, ularning oylik maoshlari ish samaradorligidan kelib chiqqan holda to‘lanadi», deya javob qaytardi vazir o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini saylay olmadi
Jahon | 09:37
-
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi
Iqtisodiyot | 09:25
-
Magistraturaga qabul davom etmoqda
O‘zbekiston | 09:00
-
Zelenskiy: Rossiya bilan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi kuchda qolyapti
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin

12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov

09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas

15:59 / 31.10.2021