Prezident Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasini isloh qilishga farmon berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatida xabar berildi.
Mazkur hujjat arxitektura va shaharsozlik sohasini rivojlantirish, shahar va aholi punktlari bosh rejalarining ishlanmalari va ularni amalga oshirishni yaxshilash, davlat organlari va xo‘jalik boshqarmalari mas'uliyatini oshirish maqsadlarida qabul qilindi.
Farmonda O‘zbekiston Respublikasining Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifa hamda yo‘nalishlari belgilab berildi.
Farmonga muvofiq, Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi tuzilmasida loyihalashtirish, innovatsion loyihaviy qarorlar, texnologiyalar va qurilish materiallarini joriy qilish bo‘yicha Texnik muvofiqlashtirish boshqarmasi yaratildi.
Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasining Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazorat bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi qoshidagi Arxitektura-qurilish nazorati Davlat inspeksiyasiga aylantirildi.
Qoraqalpog‘iston Arxitektura va davlat qurilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari qoshida davlat unitar korxonalari shaklidagi Arxitektura-rejalashtirish byurolari tashkil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika Arxitektura-shaharsozlik kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi
Jahon | 18:00
-
“Yoshlar oyligi” doirasidagi navbatdagi bayram Qoraqalpog‘istonda o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi
Jahon | 17:16
-
“2000-yillar boshidagi daraja” – plastik karta egalari kartalarni yoptirishda byurokratiyaga duch kelyapti
Iqtisodiyot | 17:14
Mavzuga oid

15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda

15:05 / 04.01.2025
Xitoyda qurilayotgan “quyoshli” osmono‘par bino suratlari namoyish etildi (foto)

18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud

12:25 / 26.03.2024