14:27 / 02.05.2017
8786

Bositxonova: “Tug‘ruqxonalarda pul so‘rash yoki qo‘pol muomala masalasi bir qancha qisqargan”

Foto: O‘zA

Joriy yilning 2 may kuni Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e'tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda qator dolzarb masalalar yuzasidan ma'lumot berildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, tug‘ruqxonalardagi vaziyatni ulardagi eng obro‘li insonlar bilan birga tahlil qilinishi, hamda bu tahlil asosida rag‘bat yoki jazo berilishi to‘g‘risida tizim yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim asosida yaxshi natijalar bergan. Hozirgi kunda tug‘ruqxonalarda pul so‘rash yoki qo‘pol muomala masalasi bir qancha qisqargan.

“Bu jarayonni birdaniga ikki-uch kunda o‘zgartirish mumkin emas. Lekin anonim so‘rovlar bosh shifokorning o‘zi tomonidan tahlil qilinishi bugun yaxshi natijani berayotganini bosh shifokorlarning o‘zlari tomonidan ham aytilmoqda”, - degan Bositxonova.

Aytilishicha, qabulxonaga kelgan istalgan kishi “Sizdan kimdir pul so‘radimi?”, “Sizga kimdir qo‘pol muomala qildimi yoki bee'tibor o‘tib ketdimi?”, degan savollarga javob beradi hamda bu navbatchi brigadaning har bir xodimi bilan muhokama qilinadi.

 

Mavzuga oid
Top