19:17 / 02.05.2017
14753

“Bunyodkor” rahbariyatida o‘zgarishlar ham tasdiqlandi

Foto: kun.uz

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, klubning yangi prezidenti etib O‘ztransgaz AK Boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Murodillayevich Ashurov tanishtirildi.

Shuningdek, “Bunyodkor” FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Boboyev Baxtiyor Meliyevich o‘z xohishiga ko‘ra, lavozimidan ozod etildi. Klubga yangi bosh direktor etib Murod Boqiyevich Aliyev tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq aynan Murod Aliyev klub direktorligiga kelishi, Mirjalol Qosimov esa jamoa bosh murabbiyi sifatida qayta ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top