21:39 / 02.05.2017
6910

Grizmann «MYu»ga yana bir shart qo‘ydi

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann unga qiziqish bildirayotgan «Manchester Yunayted», rahbariyatiga yana bir shart qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Grizmann «MYu»dan besh yillik shartnoma va haftasiga 350 ming yevro maosh talab qilmoqda. Agar mankunianlar uning shartiga ko‘nadigan bo‘lsa, fransuz futbolchisi APLning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi va «Atletiko»ni tark etishga rozi bo‘ladi.

Bundan tashqari «MYu» Grizmann uchun madridliklarga 90 mln yevro (taxminan 76,5 mln funt) to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar unga to‘lanadigan maosh va bonuslar bilan qo‘shib hisoblasak Grizmann «MYu»ga 155 mln. yevroga tushishi mumkin.

Antuan Grizmanning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Top