Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajasida saqlab qoldi
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajasida o‘zgartirmasdan qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qilgan.
«Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajasi inflyatsiyaning maqsadli prognoz parametrlari doirasida bo‘lishini ta'minlash hamda investitsion faollikni rag‘batlantirish va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali pul-kredit siyosatini yuritish uchun xizmat qiladi», deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishi oxirgi marta 2015 yilning 1 yanvarida kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda stavka yillik 10 foizdan 9 foizga tushirilgandi.
Ma'lumot uchun, 1995 yilning mart—iyun oylarida O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi yillik 300 foizni tashkil etgan. O‘zbekistondagi qayta moliyalash stavkasining 1994—2017 yillardagi o‘zgarishi tarixini Markaziy bank sayti arxivida keltirilgan.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish darajasining o‘zgarishi hamda pul bozoridagi holatdan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda u iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalash stavkasi monetar siyosat instrumentlaridan biri bo‘lib, u Markaziy bankning tijorat banklari bilan operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
19:58 / 14.01.2026
10 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llandi
12:24 / 10.01.2026
O‘zbekistonliklar 2025 yilda inflatsiya 12 foiz bo‘ldi deb hisoblamoqda – MB
13:10 / 08.01.2026
Noyabr oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan uch davlatdan biri bo‘ldi
12:05 / 07.01.2026