O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni «O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiya agentligining faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. 

Unga ko‘ra, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, “O‘zstandart” agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida: 

1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta'minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish; 

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish; 

eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish; 

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta'minlashda ularning samaradorligini oshirish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish; 

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 

2. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining: 

a) “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini, unga: