00:33 / 02.05.2017
6804

Tailandda Moskva-Bangkok reysida jarohat olgan 5 rossiyalik operatsiya qilindi

Foto: ntv.ru

Bangkokdagi "Samitivet Sinakkarin" shifoxonasida "Aeroflot" aviakompaniyasining  Moskva-Bangkok reysida jarohat olgan 5 rossiyalik operatsiya qilindi.

RIA “Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, operatsiyalarning aksariyati sinish jarohatlari bilan bog‘lik bo‘lgan.  

Ta'kidlanishicha, 2 may kuni ertalabga yana 3 ta operatsiya belgilangan. 

Shifoxonada yana 7 rossiyalik qolmoqda, biroq ular jarrohlik aralashuviga ehtiyoj sezmayaptilar. 

1 may kuni Moskvadan kelayotgan samolyot Bangkok aeroportiga yaqinlashish vaqtida kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgan. Samolyot kuchli siltanishi oqibatida 27 yo‘lovchi turli darajadagi jarohatlar olgan. Moskva hududlararo transport prokuraturasi yo‘lovchilarning shikastlanishi yuzasidan tekshiruv boshlagan. 

Top