01:01 / 02.05.2017
8828

Jangarilar Idlibda kimyoviy qurol bilan bog‘liq yangi ig‘vogarlik tayyorlashmoqda

Foto: Syria Civil Defence ZUMAPRESS / globallookpress

Suriya razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar Idlib viloyatidagi Serakab aholi punktida kimyoviy hujum amalga oshirilganligini sahnalashtirish maqsadida tinch aholini bir joyga to‘plaganlar. Bu haqda «Russkaya Vesna» portali suriyalik zobit Muxabarataga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilmoqda.  
      
“Yangi ig‘voga tayyorlanish uchun voqea joyiga «Oq kaskalar” yetib keldi. Shuningdek, Serakabga «Al-Jazira» telekanalining suratga olish guruhi ham yetib kelgan, ularga mahalliy jangarilar yordam bermoqda”, deb ma'lum qildi zobit.

Ta'kidlanishicha, Serakab aholi punkti «Hayat Tahrir al-Shom» terrorchilik guruhi nazorati ostida. 

Avvalroq portalning ma'lum qilishicha, Eron OAV “oq kaskalilar” go‘yoki Suriya armiyasi tomondan tinch aholiga nisbatan kimyoviy hujum sodir etilgani haqidagi yolg‘on videoroliklarni suratga olganliklari uchun katta gonorarlar olishganini fosh qilgandi.

Top