21:41 / 03.05.2017
6406

2016 yil oxirida Iroq qarzi 100 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qildi

Foto:anothercitizenship.com

2016 yil oxirida Iroq markaziy hukumatining tashqi qarzi 107 mlrd dollarni tashkil qildi, deb ma'lum qildi "Anadolu" axborot agentligiga Iroq parlamentining moliyaviy qo‘mitasi a'zosi Najiba Najib.

Uning aytishicha, agar Iroqning tashqi qarzi shartli ravishda uch qismga bo‘linsa, unda uning deyarli 50 foizi yoki 55 mlrd dollari BAAS partiyasi, ya'ni Saddam Husayn hokimiyati davriga to‘g‘ri keladi. 

Najibning aytishicha, Iroqning sobiq yetakchilari vaqtidagi qarz davlatning Kuvayt va boshqa davlatlar bilan urushi oqibatlari hisoblanadi. 

Qarzning 2- va 3-qismi 2004 yildan boshlab, ya'ni IShID terrorchilik tashkiloti paydo bo‘lgandan keyin yig‘ila boshlangan.

Najibning aytishicha, qarzning 2-qismini Iroqning hukumat xarajatlarini qoplash uchun boshqa davlatlardan olgan qarzi tashkil qiladi. Jumladan, mablag‘lar Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yaponiya va boshqa davlatlar tomondan taqdim qilingan.

Deputatning aytishicha, Iroq davlat xizmatchilariga maoshlar Jahon bankidan olingan qarzlar hisobidan beriladi. 

Mavzuga oid
Top