Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasida ilk mag‘lubiyat
Toshkentda 29-Osiyo chempionati ertalabki chorak final bahslari davom etmoqda.
Ayni vaqtda -91 kg vazn toifasidagi bokschilarning ilk chorak final juftligi bahsi poyoniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov qozog‘istonlik Vasiliy Levitga qarshi ringga ko‘tarildi.
Birinchi raunddanoq qozog‘istonlik tajribali bokschi ringda birinchi raqam ostida harakat qildi. Mezbon sportchi esa qarshi hujumlarda harakat qildi.
Yakunda qozog‘istonlik olimpiya sovrindori ochkolar bo‘yicha ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Sanjar Tursunov turnirda ishtirok etayotgan 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi orasida birinchi bo‘lib turnirni tark etdi.
Toshkent mezbonligidagi turnir Germaniyada o‘tkaziladigan jahon chempionati uchun saralash vazifasini o‘tab bermoqda.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026