19:35 / 03.05.2017
45204

AQSh Shimoliy Koreya tomon ballistik raketa uchirdi

Foto: U.S. Force

AQSh Tinch okeani uzra Shimoliy Koreya tomon qit'alararo yadroviy ballistik raketa Minuteman III’ning o‘quv parvozini amalga oshirdi. Bu haqda The Washington Times nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, o‘zida yadroviy zaryadni tashishga qodir bo‘lgan qit'alararo ballistik raketa 4 ming mil uchib o‘tib, AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida, Marshall orollari yaqinida okeanga tushgan.  
 
Bu raketa uchirilishi 10 oydan ko‘proq vaqt davomida rejalashtirilgan. Raketa uchirilgan Kaliforniyadagi bazadan bir hafta oldin boshqa bir raketa uchirish rejalashtirilgandi. 

2008 yil holatiga ko‘ra, AQSh hisobida Minuteman III ballistik raketasidan 450 dona turgan va ularga 550 ta yadroviy kallak o‘rnatilgan bo‘lgan. Qit'alararo ballistik raketalar AQShning turli shtatlaridagi aviabazalar shaxtalarida jangovar navbatchilikda turadi.

Mavzuga oid
Top