Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslarining 81 kg vazn toifasidagi bokschilar jangini Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) va Nig‘matulloyev Shabbos (Tojikiston) juftligi boshlab berdi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Meliqo‘ziyev raqibini mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqan bokschilari safiga qo‘shildi.