01:46 / 03.05.2017
20217

YeChL. Ronalduning het-triki «Real»ni finalga yaqinlashtirdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Real» hamshaharlari «Atletiko»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq hisob ochildi. Krishtianu Ronaldu Kazemiro tomonidan yetkazib berilgan to‘pni boshi bilan Yan Oblak darvozasi to‘riga aniq joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng bir soatdan ortiqroq vaqt mobaynida ikkala jamoa ham gol kirita olmadi. 73-daqiqaga kelib esa «Real» farqni ikkitaga oshirdi. Krishtianu Ronaldu bu safar ham gol mualliflik qildi. 86-daqiqada esa yana Krishtianu uchrashuvdagi uchinchi, butun YeChLdagi 103-golini kiritib jamoasiga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Javob uchrashuvi 10 may kuni «Visente Kalderon» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim finalning dastlabki uchrashuvi esa 3 may kuniga belgilangan. Unda «Monako» va «Yuventus» jamoalari ikkinchi finalchi nomini aniqlash uchun maydonga chiqib kelishadi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1/2 final

Dastlabki uchrashuv

Real Madrid (Ispaniya) – Atletiko (Ispaniya) 3:0 (1:0)
Gollar:
Ronaldu (10, 73, 86).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 46), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kroos, Benzema (Vaskes, 78), Ronaldu.
Atletiko: Oblak, Godin, Filipe Luis, Savich, Lyuka Ernandes, Saul (Gaytan, 58), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Korrea, 68), Grizmann, Gameyro (Torres, 57).
Ogohlantirishlar: Koke (26), Isko (48), Saul (53), Savich (83).

Mavzuga oid
Top