14:37 / 03.05.2017
8080

Erdo‘g‘an Rossiyani barcha savdo cheklovlarini bekor qilishga chaqirdi

Foto: EPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya tomonidan joriy qilingan savdo cheklovlarini bekor qilish jarayonini tezlashtirish zarurligini aytdi. Uning  Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi kutilayotgan Sochiga parvoz qilishidan avval bildirgan fikriga asoslanib, Haberturk shu haqida ma'lum qildi. 

Turkiya yetakchisi so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat vakillari Anqaraga nisbatan joriy qilingan savdo cheklovlari masalasida doimiy aloqada. 

Erdo‘g‘an Sochida Putin bilan yana bir bor shu masalani muhokama qilmoqchi ekanini ta'kidladi. 

Top