13:33 / 03.05.2017
9576

Futbol tennisga aylanganda. UYeFA qoidalarda yana bir inqilobiy o‘zgarishni amalga oshirmoqchi

UYeFA ayollar o‘rtasidagi Yevro-2017 U-17 musobaqasi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasining inqilobiy o‘zgarishni sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, dastlabki penaltidan so‘ng, keyingi jamoa bitta emas, ikkitadan penaltini amalga oshiradi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, birinchi jamoa dastlabki zarbani berganidan so‘ng, keyingi zarbalarda jamoalar ketma-ket ikkitadan zarba tepishadi.

Buning natijasida birinchi zarbani yo‘llayotgan jamoa ega bo‘ladigan ruhiy ustunlikka barham berilishi ko‘zda tutilgan. Futbol assotsiatsiyalari xalqaro Kengashi (IFAB) dastlabki zarba golga aylansa, ikkinchi zarbani yo‘llayotgan jamoa juda katta bosim ostida qolib ketayotganini ta'kidlab kelmoqda.

Ma'lumot uchun, tennisda setdagi hisob 6:6 ko‘rinishi olganida tay-brek o‘tkaziladi va qoidaga ko‘ra, bitta sportchi birinchi zarbani amalga oshirgach, keyingi urinishlarda sportchilar ikkitadan to‘p uzatishni amalga oshirishadi. Futboldagi yangi qoida ham shunga asoslangan bo‘lib chiqmoqda.

Top