Toshkentda Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslari davom etmoqda. 64 kg vazn toifasidagi chorak final janglari doirasida o‘zbekistonlik Iqboljon Xoldorov Xitoy taypeyilik Hung-Ming Panga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Iqboljon Xoldorovning yaqqol ustunligida o‘tgan jang muddatidan avval tugadi. Xoldorov raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.