16:56 / 03.05.2017
37035

O‘zbekistonning 4 nafar bokschisi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Toshkentda katta boks bayramining eng qizg‘in va hal qiluvchi pallalari davom etmoqda. 3 may kunga belgilangan janglarda barcha vazn toifalarida jami 40ta chorak final bahslari o‘tkaziladi va yarim finalchilar nomi ma'lum bo‘ladi. 

Shu vaqtga qadar bo‘lib o‘tgan janglar natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonning 4 nafar bokschisi shu yil avgust-sentabr oylarida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi. Bular: 

Foto: Kun.uz

Murodjon Ahmadaliyev (56kg) 
Hasanboy Do‘smatov (49kg)
Elnur Abduraimov (60kg)
Iqboljon Xoldorov (64kg)

O‘zbekiston terma jamoasining boshqa janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzuga oid
Top