19:35 / 04.05.2017
9514

Yelizaveta II va shahzoda Filipp omma oldida ko‘rinish berdi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i Edinburg hertsogi shahzoda Filipp bilan omma oldida ko‘rinish berdi. Sky News telekanali tomonidan namoyish etilgan kadrlarda qirollik oilasining Sent-Jyeyms saroyidan chiqishi tasvirlangan. U yerda “Xizmatlari uchun” ordenining topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bukinghem saroyi 4 may kuni 10 iyun sanasida 96 yoshga to‘ladigan Edinburg hertsogi kuzdan boshlab qirollik oilasi a'zosi sifatidagi majburiyatlaridan ozod etilishi haqida ma'lum qildi. 

Monarx qarorgohida ham Filipp kuzdan boshlab tashriflar yoki rasmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun takliflar qabul qilmasligini ta'kidlab o‘tishdi, biroq u o‘zi istagan tadbirga borishi mumkin. Shuningdek u 780 ta jamoat tashkiloti tarkibiga kiradi yoki ularni boshqaradi, ammo ularning faoliyatida faol ravishda ishtirok etmaydi.

Avvalroq Bukinghem saroyi vakili bugun qirollik qarorgohlarining barcha xodimlari Londonga yetib kelishi va shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilishi Buyuk Britaniya qirolligi xonadoni tashabbusi bilan bo‘lgani, ammo bu tufayli tashvishga tushishga hojat yo‘qligi haqida ma'lum qilgani borasida xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top