Edinburg hertsogi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp shu yilning kuzida qirollik majburiyatlaridan butunlay ozod etiladi. Ushbu tashabbus uning o‘zi tomonidan bildirilgan va qirolicha tomonidan ma'qullangan.
Qayd etish kerakki, shahzoda shu yil iyunida 96 yoshga chiqadi.
U shundan keyin rasmiy marosimlarda ishtirok etmaydi.
«Shahzoda Filipp avgust oyiga belgilangan marosimlarga qirolicha hamrohligida tashrif buyuradi. Shundan so‘ng hertsog yangi takliflarni qabul qilmaydi va uning omma oldida chiqishini kam ko‘ra boshlaymiz», - deyilgan Bukinghem saroyi bergan xabarda.
Bundan oldinroq Yelizaveta II’ning shaxsiy kotibi Kristofer Geydt qirollik xonadon xizmatchilarining barchasini shoshilinch ravishda Londonga chaqirgani, buning ortidan favqulodda xabar e'lon qilinishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.











