20:43 / 04.05.2017
6910

Hindiston Agni-II ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

Foto: Representative Image

Hindiston massasi tonnagacha keladigan yadroviy jangovar zaryadni 2 ming km dan uzoqroqqa elta oladigan Agni-II ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Hindistonning mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti ma'lum qildi.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, "yer-yer" sinfidagi ikki pog‘onali raketa uchirilishi mahalliy vaqt bilan soat 10:24da Bengal ko‘rfazidagi Abdul Kalom nomidagi poligondan ishchi tartibda amalga oshirilgan.  

Uzunligi 20 metr keladigan Agni-II raketasi DRDO tizimlari laboratoriyasi tomondan yaratilgan va 2004 yilda 555-raketa guruhi tomondan qurollanishga qabul qilingan. Shu vaqtdan beri uning o‘quv maqsadlarida uchirilishi amalga oshiriladi. Raketani uchiruvchi majmuani jangovar holatga keltirish uchun 15 daqiqa ketadi va u temir yo‘l yoki avtomobil platformasida joylashtirilishi mumkin. Raketa Xitoyning g‘arbiy, markaziy va janubiy qismiga yetib bora oladi. Raketaning narxi 4,5-8 mln dollarni tashkil qiladi. 

Avvalroq Hindiston Agni-IV va Agni-V raketalarini sinovdan o‘tkazgandi.

Agni seriyasidagi ballistik raketalar Hindiston mudofaa vazirligining boshqariluvchi snaryadlar yaratish dasturi doirasida yaratilgan. Hozirda Hindiston qurollanishida Agni-I (700 km gacha ucha oladi), Agni-II (2000 km), Agni-III va Agni-IV (2500-4000 km) raketalari majud.   

Top