13:47 / 04.05.2017
6414

Kolumbiya mamlakatda yirik tabiiy gaz koni ochilganini e'lon qildi

Foto: Ecopetrol

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning ma'lum qilishicha, mamlakatda 1989 yildan beri ilk marotaba yirik gaz koni aniqlangan, deb yozmoqda El Heraldo nashri.

Xabarlarga ko‘ra, tabiiy boylik koni Ecopetrol va Anadarko neft kompaniyalarining hamkorligi natijasida Karib dengizi janubiy qismida aniqlangan. 

«Bu Karib sohillarida istiqomat qiluvchi aholi va sanoat uchun katta imkoniyatdir. Bu tovarlar va xizmatlar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo uchun ulkan imkoniyat», — degan mamlakat prezidenti kon ochilishini sharhlar ekan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz koni aniqlanishi, xususan, Barrankilya shahri dengiz sohasi va logistikasi rivojiga hissa qo‘shadi. 

Ecopetrol kompaniyasi saytida e'lon qilingan axborotga ko‘ra, gaz koni 3675-4415 metr chuqurlikda aniqlangan bo‘lib, kon qalinligi 110 metrni tashkil etishi mumkin. 

Top