Jamiyat | 18:55 / 04.05.2017
30159
3 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz murojaati bir qabih jinoyatchini fosh qildi

Toshkent shahrida voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlagan shaxs qo‘lga olindi. Kun.uz sayti tahririyati jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning jinoyatchi hamda g‘araz maqsadli kishilardan aziyat chekishlariga barham berishga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar IIBB boshqarmasiga bir fuqaroning murojaatini yetkazgan edi. Shahar ichki ishlar boshqarmasining o‘z vazifasiga professional yondashuvchi xodimlari ushbu murojaatda bildirilgan holat haqiqatda mavjudligini aniqlashdi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi.  

Foto: Kun.uz

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil mart oyining boshlarida 1982 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan fuqaro S.H. boylik orttirishning g‘ayriqonuniy va g‘ayriinsoniy yo‘lini tanladi. U o‘zining g‘arazli va past niyatini amalga oshirish maqsadida 18 yoshga to‘lmagan 2 nafar qizlarni fohishalik bilan ko‘p miqdorda pul topish mumkinligiga qiziqtirib, ularni fohisha sifatida yollagan. Aniqrog‘i, qizlarni fohishalik qilishlariga majburlash uchun intim fotosuratlarini olgan. So‘ngra, qizlar uning talabini bajarishdan bosh tortishsa, mazkur fotosuratlarni qizlarning ota-onalari va ta'lim maskanlariga yuborishini aytib qo‘rqitgan hamda shantaj qilgan. Shu bilan  ularni fohisha sifatida ishlashga majbur qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro S.H. fuqaro Z.dan fohishalik bilan topgan pulidan 240 ming so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi. Hozirda, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro S.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi, ya'ni “Odam savdosi, odamni olish-sotish va odamni undan foydalanish maqsadida yollash, yashirish yoki qabul qilish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida S.H. qamoqqa olingan. 

Mavzuga oid