18:21 / 05.05.2017
29852

6-finalchi: Hasanboy Do‘smatov ham yarim finalda g‘alaba qozondi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim final o‘yinlarining kechki bahslari start oldi. 

Unda 49 kg.gacha vazn toifasidagi jangda o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Hindiston vakili Amitga qarshi ringga chiqdi. 

Do‘smatovning to‘liq ustunligida o‘tgan jangda barcha hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozonganini qayd qilishdi. 

O‘zbekiston vakili finalda filippinlik Ladon Rogenni mag‘lub qilgan mo‘g‘ulistonlik Ganghuyak Gan Erdinga qarshi ringga chiqadi.

Top