15:43 / 05.05.2017
10127

Buxoroda bir hafta ichida 63 ta jinoyat sodir etildi

Foto: Buxoro viloyati IIB

2017 yilning 4 may kuni Buxoro viloyati IIBda  viloyat hududida jinoyatchilikning ahvoli, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda tizim xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Unda Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Hasanov ommaviy-axborot vositalari vakillariga amalga oshirilayotgan samarali ishlar barobarida soha xodimlari tomonidan faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, kelgusida hududlarda osoyishtalikni ta'minlash maqsadida belgilab olingan vazifalar xususida axborot berdi.

Xususan, polkovnik O.Hasanov o‘zining ma'ruzasida joriy yilning 27 apreldan 4 may kuniga qadar-hafta davomida viloyat hududida jami  63   ta, shundan, Buxoro shahrida  17 ta, G‘ijduvon va Qorako‘l tumanlarida  8 tadan, Kogon shahrida 6 ta, Buxoro tumanida 5 ta, Shofirkon tumanida 4 ta, Olot, Romitan va Vobkent tumanlarida 3 tadan, Jondor va Peshko‘ tumanlarida 2 tadan, Kogon tumanida esa 1 ta jinoyatlar sodir etilib, viloyatning Qorovulbozor tumanida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligini ta'kidlab o‘tdi.

Ushbu jinoyatlarning 56 tasi fosh etilib, jinoyatlarning ochilishi 88,9 foizni tashkil qilganligi, 63 ta jinoyatlarning 12 tasi ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxsiy tashabbuslariga asosan aniqlanganligi, qayd qilingan jinoyatlarning 1 tasi qasddan odam o‘ldirishga suiqasd, 1 ta nomusga tegish,  13 ta o‘g‘rilik,  10 ta firibgarlik,  3 ta tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq, 1 ta voyaga yetmagan bilan jinsiy aloqada bo‘lish, 1 ta savdo qoidalarini buzish bilan bog‘liq, 1 ta qiynash, 4 ta hujjatlarni qalbakilashtirish, 1 ta voyaga yetmagan shaxsni jinoyat sodir qilishga jalb qilish, 1 ta pora berishga suiqasd qilish, 1 ta tovlamachilik, 1 ta mulkni qasddan nobud qilish, 3 ta iqtisodiyot sohasidagi hamda 8 ta boshqa turdagi jinoyatlar ekanligi aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, hafta davomida viloyat hududida qayd qilingan jami 6 ta o‘g‘rilik jinoyatlari ochilmasdan qolgan bo‘lsada, olib borilgan tezkor tadbirlar davomida avval sodir etilib, ochilmasdan qolgan 4 ta jinoyatlar fosh etilganligi ta'kidlanib, ushbu ochilmay qolayotgan o‘g‘rilik jinoyatlarining kelib chiqish sabablari, unga sharoit va imkon yaratib bergan omillar tahlillar asosida o‘rganilganda, aksariyat o‘g‘rilik holatlarining yuzaga kelishida fuqarolarimizning o‘zlari ham sababchi ekanliklari aniq misollar bilan ta'kidlab o‘tildi.

O‘tgan hafta davomida voyaga yetmagan shaxslar tomonidan 2 ta o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, hisobot haftasi davomida viloyat bo‘yicha 3 nafar qidiruvda yurgan jinoyatchilar qo‘lga olinib, qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligi ta'minlanganligi ta'kidlandi.

Shuningdek, brifing davomida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlarni o‘z vaqtida aholiga yetkazib borish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda ommaviy-axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirishga, ular bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Baxtiyor Rahmatov, kapitan
Buxoro viloyati IIB

Mavzuga oid
Top