20:47 / 05.05.2017
5756

Ekstremallar uchun s'yomkaning ajoyib texnikasi kashf qilindi

Siz faol va qiziq hayot tarzini olib borsangizu yoningizda uni kameraga oladigan inson bo‘lmasa, nima qilish kerak? Bu savolga shveysariyalik chang‘i ustasi Nikolas Vuigniyer oddiy javob topdi - tryuklarni bajarayotgan paytda u shunchaki kamerani havoga irg‘itadi.

Niko (uning YouTube'dagi nomi) bu ixtironi "kambag‘allar uchun selfi-dron" deb atadi. Bu yerda u biroz kamtarlik qilgan, albatta, axir ekshn-kamera va chang‘ida professional uchish uchun jihozlanish u qadar arzonga tushmaydi. 

Shunga qaramay, bu texnika orqali olingan video juda ajoyib - kadrda inson to‘laligicha namoyon bo‘ladi, ekranning yon tomondan qo‘l yoki monopod ko‘rinib turmaydi. Videoroliklarga qaraganda, Niko rakurs borasida tajriba qilishni yaxshi ko‘radi, u hatto telefonni arqonga bog‘lab, o‘zining atrofida aylantirgan. Bu ixtiro ham o‘z nomiga ega - "sentrifon". 

Mavzuga oid
Top