18:39 / 05.05.2017
10974

FIFA Messini kechirdi

"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilindi. Bu haqda Tribuna.uz sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, tartib intizom qo‘mitasi Argentina futbol federatsiyasi bergan apellyatsiyadan keyin vaziyatni o‘rganib chiqqan va yetarlicha faktlar bo‘lmagani sabab, Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Chili terma jamoasiga qarshi uchrashuvda qanot hakamini haqorat qilgani uchun to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingandi. Messining o‘zi bu ayblovlarni rad etgan va o‘ziga-o‘zi so‘kinganini aytgandi.

Ma'lumot uchun Lionel Messi diskvalifikatsiya sabab Boliviyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

Top