00:47 / 05.05.2017
8605

Grozniyning "Terek" klubi nomini o‘zgartirishi mumkin

Foto: RIA

Checheniston poytaxti Grozniyning "Terek" klubi nomi "Ahmat" deb o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda klubning bosh direktori Axmed Aydamirov ma'lum qildi.

"Yaqin orada barchasini bilib olasiz. Klub direktorlar kengashi bo‘ladi. Klub nomining "Ahmat" deb o‘zgartirilishi bo‘yicha muxlislar murojaati bor", deb aytgan Aydamirov.

Klub nomining Chechenistonning birinchi rahbari Ahmat Qodirov sharafiga o‘zgartirilishi mumkinligi haqidagi ma'lumot ilk bor 2017 yil fevralida paydo bo‘lgan. Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning aytishicha, bu taklifni muxlislar bildirgan. Uning ta'kidlashicha, respublikaning birinchi prezidenti Ahmat-Hoji Qodirov klubning qayta tiklanishida katta rol o‘ynagan. Klub hozirgi "Terek" nomini 1958 yilda olgan. Bungacha klub "Dinamo" (1946-1948) va "Neftyanik" (1948-1958) deb nomlangan. 

Ayni vaqtda Grozniy klubi Rossiya chempionatining 26-turidan keyin 39 ochko bilan 6-o‘rinni egallamoqda. "Terek" keyingi o‘yinini 7 may kuni "Zenit"ga qarshi mehmonda o‘tkazadi. 

Mavzuga oid
Top