21:42 / 05.05.2017
12539

HTC, Samsung yoki iPhone: ulardan qaysi biri tirnalishlarga bardoshli?

HTC U Ultra smartfonining maxsus varianti o‘ziga xos yoqut (sapfir) shisha bilan qoplandi. Bu smartfon istalgan tirnashlardan himoyalangan bo‘lishi kerak, chunki yoqut iPhone va Samsung Galaxy’da qo‘llanuvchi Gorilla Glass himoya qatlamidan anchagina qattiqroq.

JerryRigEverything HTC U Ultra Sapphire Edition smartfoni ekrani Tissot yoqut soatlarining shishasi va "yoqut" himoya plyonkasi yopishtirilgan Galaxy S8 bilan bir qatorda turli ekstremal sinovlardan o‘tkazilgan videoni tasvirga olishdi.

Natijada video mualliflari HTC U Ultra Sapphire Edition ekranini omaviy ishlab chiqariluvchi smartfonlar (kamida sinalgan smartfonlar) orasida eng puxtasi deb atash mumkin, degan xulosaga kelishgan. Moos qattiqlik shkalasi bo‘yicha smartfon 8 ball oldi, bu haqiqiy yoqutning qattiqligiga mos keladi. Bu esa bunday smartfonning ekranini oddiy sharoitlarda tirnashning deyarli iloji yo‘qligini anglatadi va bu HTC’ning muvaffaqiyatidir. Biroq boshqa tomondan qaraganda, agar siz smartfonni tushirib yuborsangiz, yoqut osongina chil-chil bo‘ladi.

Darvoqe, "yoqut" plyonka (50 dollar turadi) puxtaligi bo‘yicha oddiy plastik kabi bo‘lgan. Bunday bema'ni narsa uchun pul to‘lamaslikni tavsiya qilamiz. Yevropada 128 Gb xotiraga ega HTC U Ultra Sapphire Edition smartfoni 849 yevro, ya'ni oddiy HTC U Ultra’dan 150 yevro qimmatroq turadi.

Mavzuga oid
Top