20:57 / 05.05.2017
15836

Kolumbiyalik ayolning organizmidan to‘qqiz ming dollar chiqarib olindi

Foto: RIA

Kolumbiyada yashovchi 28 yoshli ayol sobiq turmush o‘rtog‘i bilan bo‘lishmaslik maqsadida 90 ta yuz dollarlik kupyurani yutib yubordi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

28 yoshli ayol qariyb to‘qqiz ming dollarni yutib yuborgan, ular er-xotinning birgalikda hayot kechirishi davomida yig‘ilgan bo‘lgan. Yakunda unga shifokorlar yordami talab etildi.

Pullar hech narsaga o‘ralmagan bo‘lgan. Jarrohlarning fikricha, ayolni bu ishga umidsizlik undagan. Boshqa tahminlarga ko‘ra, ayol g‘azab tufayli bu ishni qilgan.

Top