09:25 / 05.05.2017
17179

OAV: Kim Chen In Janubiy Koreyaga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Foto: Yonhap News

KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy dengizdagi Chanjedo va Mudo kichik orollaridagi artilleriya harbiy qismlariga tashrif buyurdi va Janubiy Koreyaga zarba berish bo‘yicha rejani ko‘rib chiqayotgani haqida ma'lum qildi.

«Ryonxap» agentligining Shimoliy Koreya OAVga asosan xabar berishicha, Kim Chen In janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar harakatlanishi haqida hisobot olganidan so‘ng «dushman obektlaridagi yangi garnizonlarga artilleriya zarbasi berish rejasi bilan tanishgan».

Shimoliy koreyaliklar yetakchisi harbiy xizmatchilarni jangovar shay holatda turishga chaqirgan.

Mavzuga oid
Top