Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi (JIU) 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuniga bağişlab, Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi bilan hamkorlikda «Turkiston» saroyida «Oltin qalam» XII Milliy mukofotini topşiriş marosimini ötkazdi.

Tanlovga 2016 yilning 31 martidan 2017 yilning 31 martigaça — bir yil davomida gazeta va jurnallarda çop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda körsatilgan va internet naşrlarida berilgan materiallar qabul qilindi va ğoliblar aniqlandi.

Bu yilgi taqdimotdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda mukofotni topşiriş mezonlari köp tanqidlarga uçradi, öz işining ustasi bölgan fidoiy jurnalistlar bir çetda qolib, nomi çiqmagan nomlar yoki ötmişdagi faoliyati uçun taqdirlangan nomdor naşrlar köpçilikning e'tirozlariga sabab böldi. Xususan, jurnalist va bloger Sanjar Said özining feysbukdagi sahifasida «Kimlarningdir şaxsiy tomorqasiga aylangan bu tanlovda qatnaşiş va unda ğolib bölişni isnod» deb atadi. 

«Jahon söz erkinligi kunida bir töda yaloqxör, qöğirçoq sözbuzar-maqtovtuzarlarning qilgan beminnat xizmatlarini taqdirlaş uçun öylab topilgan bu mukofot aslida söz erkinligi, fikrlaş erkinligi, jurnalistlar haqqoniyligi, xolisligiga katta daxldan boşqa narsa emas», deya davom etadi Sanjar Said.

U aslida jurnalist qaysidir tanlovda ğolib böliş, unvon oliş uçun emas, balki xalq dardi, oddiy odamlar muammosini aritiş, jamiyatdagi kamçiliklarga qarşi kuraşiş uçun qalam tutişi uning asosiy burçi va vazifasi ekanini ta'kidlab ötgan.

«Birgina insonning muammosini hal qiliş, hayotiga yoruğlik olib kiriş qançalar baxt, neça yillardan beri kişilarni qiynab kelayotgan muammoni bartaraf etiş qançalar şaraf! Garçi bu yölga beminnat, xolis qadam qöysangiz ham odamlardan rahmatu minnatdorçilik eşitiş, ular közida quvonç körişdan ortiq mukofot bormikan? Qalami ötkir, yuragi xalq dardida yoniş, qöllari haqiqatni yozişdan tolmayotgan, haq yölda töxtamayotgan jurnalist döstlarim, çinakam oltin qalam Sizning ilkingizda! Haqiqiy ğolib aslida sizlar, xalq buni tan oladi, Haq sizlarga madadkor. Arzimagan mukofot, uç-tört söm könglingizni ranjitmasin! Sizga Allohdan kuç-quvvat, oilangizga xotirjamlik, ahillik, xonadoningizga qut-baraka, ijodingizga ulkan parvozlar tilayman. Keng maydon kuraşlari sizni çorlamoqda!», deya fikrlarini yakunlagan u.

Qayd etiş kerakki, Sanjar Said tanlovda qatnaşmagan. U şuni ilova qilar ekan, ğoliblarga nisbatan şaxsiy ğarazi yöqligi, lekin bu safar nimadir yangilik bölişidan umidvor bölgani, aslida esa hammasi eski hammom, eski tosligiça qolganini keltirib ötgan.