19:22 / 05.05.2017
5705

Pekinda qum bo‘roni sababli 92 ta aviareys bekor qilindi

Foto: globallookpress.com

Pekinda 5 may kuni kuchli qum bo‘roni sababli 92 ta aviareys bekor qilindi. Xitoy hukumati Pekindagi Shoudu aeroportini o‘nlab reyslarni bekor qilishga chaqirdi va odamlardan tashqariga chiqmaslikni so‘radi. 

Reyslar kamida 6 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha bekor qilindi. Shu jumladan, aeroport Guanchjou va Novosibirskdan S7 Airlines kompaniyalari samolyotini qabul qilishdan bosh tortdi. 

Aeroport saytida ma'lum qilinishicha, 4 maydan 5 mayga o‘tar kechasi 118 ta reys bekor qilingan, 42 tasi ushlanib qolgan.

ChinaPost saytida aytilishicha, bo‘ron mamlakat shimoli-g‘arbining qatta qismini qamrab oldi. 5 may kuni ertalab Pekinda ko‘rish uzoqligi bir kilometrdan oshmagan.

Xitoyda qum bo‘ronlari har bahorda yuz beradi. Bunda shamol Gobi cho‘lidan shaharlarga qum eltadi. Bunday vaqtda Xitoy ko‘chalari sariq chang qatlami bilan qoplanadi, havo esa odamlar salomatligiga xavf soladi.

Top