18:56 / 05.05.2017
12150

Pekinga qum bo‘roni yopirildi: shahar zaharli sariq rang domida qolgan

Foto: Twitter/@PDChina

Xitoy poytaxti Pekin shahri ikki sutkadan beri smogli qumli bo‘roni domida qolgan. Buning oqibatida havo sifati va ko‘rish masofasi pasaydi, deb xabar bermoqda People's Daily. Mahalliy aholi ro‘y berayotgan holatni foto va video orqali bildirgan, bu esa tarmoqdagi ko‘pchilik foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi.

Hukumat xavfning ko‘k darajasini e'lon qildi. Fuqarolarga ko‘chaga kamroq chiqish, bolalar va keksa insonlarga – uyda qolish tavsiya etildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, payshanba kuni ertalab shahar havosida kichik zarralar hajmi bir kub metrga 630 mikrogrammni tashkil etgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan ko‘rsatkichdan 60 baravarga ko‘p.

Maktab va bog‘chalarda mashg‘ulotlar to‘xtatildi. Kishilar ochiq havoga chiqayotgan paytda himoya niqoblarini kiyishlari lozim. Bo‘ron qo‘shni Mo‘g‘uliston hududidan yopirilgan.

Foto: Instagram/@oscarortegamarin

"Juda yomon, hattoki qishki smogdan ham yomonroq. Xuddi sen to‘xtovsiz ravishda changni yutayotgandeksan", - deya yozgan Pekinda istiqomat qiluvchi 24 yoshli qiz.

Top