22:12 / 05.05.2017
14955

Rossiya fuqaroligini olgan aktyor Stiven Sigalga Ukrainaga kirish taqiqlandi

Foto: TASS

Amerikalik taniqli aktyor Stiven Sigalga Ukrainaga 5 yilga kirish taqiqlandi. Ukraina xavfsizlik xizmatida (UXX) bunday qaror agar maxsus xizmatga "shaxs jamoatchilik uchun xavf tug‘diruvchi harakatni qaysi hududdaligidan qat'i nazar" amalga oshirishi ma'lum bo‘lgandan keyin qabul qilinadi. Bu haqda UXX matbuot xizmatining "Apostrof" ukrain nashrining so‘roviga berilgan javobda aytilgan.

UXXning ta'kidlashicha, bu "harakat" Ukraina xavfsizligiga ham xavf solishi mumkin.

Sigal 2016 yil noyabrda Rossiya fuqaroligini olgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, aktyor "uzoq vaqt unga fuqarolik berish bo‘yicha murojaat qilgan". Bundan tashqari, Peskovning aytishicha, Sigal Rossiyaga iliq his-tuyg‘ular sezishi bilan ma'lum va buni hech qachon yashirmagan.

2016 yil dekabrda Sigal "Russkiye yarmarki" kompaniyasining ham ta'sischisi bo‘lgan. Bu kompaniya oziq-ovqat, ichimliklar, tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanadi. Biroq aprel boshida aktyor bu kompaniya egalari tarkibidan chiqib ketgan. Aktyor vakilining ma'lum qilishicha, Sigal bunday qarorni boshqa loyihalarda bandligi bilan tushuntirgan. Sigal bu loyihalar haqida hech narsa ma'lum qilmagan. 

Top