18:44 / 05.05.2017
34141

So‘rovnoma: Arab yoshlari qaysi davlatni o‘zining asosiy ittifoqchisi deb hisoblaydi?

Foto: RIA "Novosti"

Arab yoshlari uchun asosiy ittifoqchi endi AQSh emas. ASDA`A Burson-Marsteller tadqiqotlari natijalari shundan dalolat bermoqda. Buzzfeed shu haqida xabar berdi. 

Arab mamlakatlari uchun asosiy ittifoqdosh kim ekani haqidagi savolga 21 foiz respondent "Rossiya" degan javobni berdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili atigi 9 foiz ishtirokchi shu fikrda bo‘lgan.

2016 yilgi so‘rovnoma yetakchisi bo‘lgan AQSh bu yil o‘z pozitsiyasini boy berdi. O‘tgan yili so‘roq qilinganlarning 25 foizi amerikaliklarni o‘zining asosiy ittifoqdoshlari deb hisoblagan bo‘lishsa, endilikda ularning soni 17 foizni tashkil qilgan. 49 foiz respondent esa AQShni dushman sifatida ko‘rsatgan. 

Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, kayfiyatning o‘zgarishiga AQSh hukumati tepasiga Donald Trampning kelishi sabab bo‘lgan. Respondentlarning 83 foizi unga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. U bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha hatto Barak Obama (52 foiz) va kenja Jorj Bushni (77 foiz) ham ortda qoldirgan. 

7 fevraldan 7 martga qadar o‘tkazilgan so‘rovnomada Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning 16 mamlakatidan 18-24 yoshdagi 3500 nafar kishi ishtirok etgan. 

Top