20:59 / 05.05.2017
4442

Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yilning 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga va O‘zbekiston delegatsiyasining “Bir belbog‘, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Top